Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Jangovar va jismoniy shaylik – doimiy e’tiborda

06 Dekabr 2021, 11:12

1572

Yuqori kasbiy tayyorgarlik – ichki ishlar organi xodimi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa jismoniy-jangovar ko‘nikmalarni muntazam ravishda takomillashtirib borishni talab etadi. 

Bugun tizimda ayni shu masalaga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ichki ishlar vazirligining tegishli me’yoriy hujjatlari asosida shaxsiy tarkibning xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarligi hamda sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

IIV Akademiyasida xodimlarning kasbiy, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarlik darajasini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Haftaning belgilangan kunlari olib borilayotgan mashg‘ulotlarga Jangovar va jismoniy kafedrasidan malakali murabbiylar biriktirilgan. Mashg‘ulotlarda sport mashqlari bilan birga, jangovar va psixologik shaylik, shaxsiy himoya usullari va maxsus vositalarni qo‘llash ko‘nikmalari shakllantirib boriladi. 

Bundan tashqari, xodimlarning antropometrik ko‘rsatkichlari muntazam ravishda tahlil qilinib, semizlik darajasi va vazn indeksini kamaytirish orqali salomatlikni mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Jamoada sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida “Sport targ‘ibotchisi” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, xodimlar ish vaqtidan so‘ng yugurish, suzish, kurash, dzyu-do, sambo va jangovar sambo, futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, og‘ir atletika singari sport turlari bilan shug‘ullanishmoqda. 

 

Bobur DADAJONOV,

 IIV Akademiyasi Kadrlar bo‘limi boshlig‘i,

podpolkovnik.

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech