Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yurt posbonlari buyuk maqsad yo‘lida birlashdi

23 Dekabr 2022, 06:12

1027

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida harbiy va harbiylashgan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida bilimlar bellashuvi o‘tkazildi.

Mazkur tadbir Prezidentimizning besh muhim tashabbusi doirasida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli o‘g‘il-qizlarning iste’dodini ro‘yobga chiqarish, ular qalbida ona Vatanimizga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yuksaltirish maqsadida tashkil qilindi.

Bellashuvda Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Qurolli Kuchlar, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyalari, Jamoat xavfsizligi universiteti va Bojxona institutida ta’lim olayotgan yoshlar qatnashdi.

Birinchi shartda har bir jamoa a’zolari o‘zlari o‘qiyotgan bilim maskani faoliyati, hayotdagi ulkan maqsadlarini yoritib berdilar. “Savol-javob” deb nomlangan ikkinchi shart yoshlarning huquqiy bilimini, ayniqsa Asosiy qonunimizning mazmun-mohiyatidan boxabarligini sinovdan o‘tkazdi. Bunda har bir jamoaga o‘ntadan savol yo‘llanib, ishtirokchilarning javobi baholab borildi. Bellashuvning yakuniy sharti esa sahna ko‘rinishiga bag‘ishlandi. Iqtidorli yoshlar qiziqarli va kreativ chiqishlar orqali o‘z ijodiy qobiliyatlarini namoyon etishdi.

Ta’kidlash joizki, bellashuv davomida Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati akademiyalari kursantlarining chiqishlari tomoshabinlarga juda manzur bo‘ldi. Bunday tadbirlar mard va jasur yoshlarni ona Vatanimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilishdek ulug‘ maqsad yo‘lida yanada jipislashtirishi e’tirof qilindi.

Tadbir so‘nggida jamoalar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech