Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Strategiya – taraqqiyotimiz kafolati

14 Oktyabr 2023, 08:10

773

IIV Akademiyasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor maqsad va vazifalariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni asosida qabul qilingan mazkur hujjatning mazmun-mohiyati haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Ta’kidlab o‘tilganidek, strategiyada 5 ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 100 ta muhim maqsad bayon qilangan. Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish, aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish, aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish, xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish, mamlakatimiz suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash uning asosiy g‘oyalaridir.

Tadbirda strategiyani hayotga izchil va sifatli tatbiq etish, ayni jarayonda aholi fikrini o‘rganish hamda belgilangan ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Ustuvor maqsad va vazifalar mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligiga xizmat qilishi e’tirof etildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech