Ichki ishlar vazirligi qoshidagi 1-sonli akademik litseyda o‘tkazilgan tadbir “Ichki ishlar organlari faoliyatida raqamli texnologiyalarning o‘rni va imkoniyatlari” mavzuiga bag‘ishlandi.
Akademiyaning Axborot texnologiyalari kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni, mazkur sohada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, xususan, tizimda qo‘llanilayotgan yondashuvlar, axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanishning ahamiyati, innovatsion ta’limning afzalliklari batafsil tushuntirildi.
Tadbir davomida akademik litsey o‘quvchilari tomonidan yaratilgan dasturlar taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilar o‘z ijod mahsullarining vazifasi, imkoniyatlari va istiqboldagi rejalarini havola etib berishdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati