“Muallim media” ijtimoiy-ma’rifiy kanallari rahbari Odinaxon Muhammad Yusuf Akademiyada ta’lim olayotgan kursant qizlar bilan uchrashdi.
Tadbir mehmoni muqaddas dinimizda xotin-qizlarning sha’ni va qadr-qimmati, ayollarni har tomonlama ulug‘lash borasida yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar, xotin-qizlarning huquq va majburiyatlari, ayniqsa qizlar ta’lim-tarbiyasida e’tibor qaratish muhim sanalgan jihatlarga batafsil to‘xtaldi.
O‘zbek ayollari namunali tarbiyasi, ma’naviyati, andisha va odobi bilan azal-azaldan yuksak darajada e’zozlanib kelingani, zamonamiz qizlari ularning munosib izdoshlari sifatida ilmu ma’rifatli, ma’naviy-axloqiy yetuk bo‘lib kamol topishlari, davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishlari ta’kidlandi.
Odinaxon Muhammad Yusuf yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati