Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Ofitser 55” ijodkorlari bilan uchrashuv

20 Iyun 2023, 05:06

767

IIV Akademiyasida Kinematografiya agentligi bilan hamkorlikda suratga olingan “Ofitser 55” filmi ijodkorlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Film ichki ishlar organi xodimlarining mashaqqatli xizmat faoliyati, kasbiga e’tiqodi va matonati haqida hikoya qiladi. O‘n qismdan iborat kartinada jinoyatchilikning jirkanch qiyofasi, jamiyatni yovuz illatlardan xalos etishda soha xodimlarining o‘rni, tinchlik va osoyishtalikni saqlash nechog‘lik mashaqqatli ekani yorqin syujetlar orqali yoritib berilgan. Rejissyor Rustam Meliyev boshchilik qilgan jamoada rollarni Erkin Bozorov, Abror Yo‘ldoshev, Nigina Anorboyeva, Jamshid Asadov, shuningdek rossiyalik taniqli aktyor Anton Paxomov ijro etgan.

Filmning yaralish g‘oyasi, suratga olish ishlari, murakkab syomkalar, dublyaj va boshqa ijodiy jarayonlar haqida so‘z borgan uchrashuv kursantlar uchun maroqli o‘tdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech