IIV Akademiyasida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.
Tadbir kursantlarning vatanparvarlik, mardlik, fidoyilik, kasbga sadoqat, halollik fazilatlarini yuksaltirish, ularni davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, barkamol shaxs sifatida tarbiyalash maqsadida tashkil qilindi.
IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi vakillari, saf qismi xodimlari, magistratura tinglovchilari ishtirok etgan tadbirda yoshlarga kasbiy tavsiyalar berildi.
Yurt tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi uchun xizmat qilish sharafli vazifa ekanligi, har bir kursant tanlagan kasbini qadrlab, unga munosib bo‘lishi kerakligi qayd etildi.
Tadbir davomida videorolik namoyish qilindi. Harbiy va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarda xizmat qilayotgan otalariga havas qilib, ayni paytda akademiyada ta’lim olayotgan bir guruh namunali kursantlarga faxrnoma topshirildi. Yoshlar ham so‘z olib, zimmalaridagi ulkan mas’uliyat va ishonchni oqlashga, tengdoshlariga ibrat bo‘lishga va’da berdilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati