Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kitobxonlik – ma’naviy komillik demak

04 May 2023, 09:05

848

Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan poytaxtimizda bunyod etilgan “Kitobxon oila” monumenti poyida o‘tkazilgan tadbir yoshlarga ulkan ma’naviy ozuqa berdi.

“Ma’naviyat oyligi” munosabati bilan tashkil etilgan kitobxonlik kechasida vazirlik tasarrufidagi o‘quv muassasalari kursantlari, o‘quvchi yoshlar va yosh xodimlar ishtirok etdi.

IIV Akademiyasining O‘zbek tili va xorijiy tillar kafedrasi boshlig‘i o‘rinbosari, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Abduvahob Xoliqov komil inson tarbiyasida kitob va kitobxonlikning o‘rni haqida nutq so‘zladi. Dunyoga nomi ketgan ulug‘ ajdodlarimiz yoshlik onlarini ilm olishga sarflab, daholikka erishgani, ularning ibratli umr yo‘li va fazilatlari bugungi avlod uchun nurli mayoq bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi. Inson ongi va tafakkurini egallashga mafkuraviy kurash kechayotgan hozirgi davrda yuksak bilim, ma’naviy salohiyat yoshlarni qutqaruvchi mustahkam qalqon ekanligi aytib o‘tildi.

Adabiyot bayrami IIVdagi ichki ishlar organlari tarixi muzeyida davom ettirildi. Akademiya kursantlari va idoraviy litsey o‘quvchilariga tizim faoliyatining o‘tmishi, rivojlanish davrlari, ayniqsa so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, maskandagi tarixiy eksponatlar, fotolavha va boshqa buyumlar xususida ma’lumot berildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech