Yangi yil bayrami munosabati bilan IIV Akademiyasining bir guruh xodimlariga moddiy yordam ko‘rsatildi.
Tadbir avvalida Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 1-oktyabrdagi “Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish to‘g‘risida”gi 404-sonli buyrug‘i asosida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar soha xodimlari faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qilayotgani aytib o‘tildi.
Shundan so‘ng kasbiy va shaxsiy fazilatlari bilan jamoaga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh faol xodimlarga 3 million so‘m miqdoridagi moddiy yordam pullari topshirildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati