IIV Akademiyasining Ma’muriy huquq kafedrasi o‘qituvchisi, kapitan Gulnoza Mirxalilova dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqladi.
U yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Jamoat xavfsizligini davlat-xususiy sheriklik asosida ta’minlash istiqbollari” mavzuida tayyorlagan ilmiy ishini Sudyalar oliy maktabi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda munosib himoya qildi.
Hamkasbimizni ilmiy-pedagogik faoliyatidagi yutug‘i bilan qutlaymiz!
IIV akademiyasi Axborot xizmati