IIV Akademiyasining Jazoni ijro etish faoliyati kafedrasi dotsenti, podpolkovnik Quvonch Qodirov tarix fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun tayyorlagan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Uning “07.00.01 – O‘zbekiston tarixi” ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekistonda penitensiar muassasalar faoliyati (1991–2022-yillar)” mavzuidagi ilmiy ishi O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda ma’qullandi.
Hamkasbimizni faoliyatidagi yutug‘i bilan tabriklaymiz!
IIV Akademiyasi Axborot xizmati