IIV akademiyasining Raqamli texnologiyalar va axborot xavfsizligi kafedrasi katta o‘qituvchisi, kapitan Odiljon O‘rinqulov ilmiy ishini himoya qildi.
U texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Korporativ axborot-kutubxona tizimlarida yuridik adabiyotlarni intellektual qidirish modellari, algoritmlari va dasturiy majmuasi” mavzuida yozgan dissertatsiyasini Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda muvaffaqiyatli yoqladi.
Hamkasbimizni ilmiy-pedagogik faoliyatidagi yutug‘i bilan tabriklaymiz!
IIV akademiyasi Axborot xizmati