IIV akademiyasining Jazoni ijro etish faoliyati kafedrasi o‘qituvchisi, kapitan Doniyor Xalilov ilmiy ishini himoya qildi.
U yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish institutini takomillashtirish” mavzuida yozgan dissertatsiyasini IIV akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda muvaffaqiyatli yoqladi.
Hamkasbimizni ilmiy-pedagogik faoliyatidagi yutug‘i bilan tabriklaymiz!
IIV akademiyasi Axborot xizmati