IIV akademiyasining xalqaro hamkorlik guruhi katta inspektori, podpolkovnik Ixtiyor Ahmedov ilmiy ishini himoya qildi.
U yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Jinoyat ishida dalillarni soxtalashtirganlik uchun jinoiy javobgarlik” mavzuida tayyorlagan dissertatsiyasini IIV akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda muvaffaqiyatli yoqladi.
Hamkasbimizni ilmiy-pedagogik faoliyatidagi yutug‘i bilan tabriklaymiz!
IIV akademiyasi Axborot xizmati