2022-yilning 20-aprel kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01 raqamli ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
IIV Akademiyasining Jangovar va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi dotsenti Kochkarov Atabek Axmatvayevich “13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi ixtisosligidan “O‘zbekiston Respublikasi IIV ta’lim muassasalari kursantlarining kasbiy-amaliy tayyorgarlik texnologiyasi” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati