IIV akademiyasining Ichki ishlar organlari faoliyatini uslubiy ta’minlash markazi bosh ilmiy xodimi, podpolkovnik Mirzohid Asqarov ilmiy ishini himoya qildi.
U yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Ishni sudga qadar yuritish bosqichida reabilitatsiya institutini takomillashtirish” mavzuida yozgan dissertatsiyasini IIV akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda muvaffaqiyatli yoqladi.
Hamkasbimizni ilmiy-pedagogik faoliyatidagi yutug‘i bilan tabriklaymiz!
IIV akademiyasi Axborot xizmati