IIV Akademiyasining Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti mustaqil izlanuvchilik shakliga qabul e’lon qiladi.
Talabgorlar quyidagi hujjatlarlarni taqdim etishlari zarur:
1) ariza yoki bildirgi (bevosita va yuqori turuvchi rahbar rozilik bildirgan hamda uning imzosi bilan tasdiqlagan holda);
2) xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikat(lar);
3) pasport nusxasi;
4) qisqacha biografik ma’lumotnoma (tarjimai hol);
5) oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning nusxasi;
6) ish joyidan xizmat tavsifnomasi (imzolangan va ma’lumot uchun muhri bilan tasdiqlangan holda);
7) ilmiy ishlar ro‘yxati (imzolangan va ma’lumot uchun muhri bilan tasdqilangan holda) va ularning nusxalari;
8) ilmiy rahbardan rozilik xati.
Hujjatlar joriy yilning 15-aprelidan 15-may kuniga qadar https://phd.mininnovation.uz/ elektron manzili orqali qabul qilinadi.
IIV Akademiyasining
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti