Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Oilalar tinçligi – mahalla farovonligi

17 Noyabr 2026, 20:59

107

Mahallalarda jinoyatçilikni jilovlaşda aholi bilan manzilli işlaş, muammolarni manzilli hal qiliş, har bir xonadon, oilada soğlom ma’naviy muhitni qaror toptiriş muhim ahamiyat kasb etadi.

IIV akademiya vakillari tomonidan Piskent tumanida olib borilayotgan örganişlar davomida şu jihatlarga e’tibor qaratilib, yeçimini kutayotgan masalalar mas’ullar va “mahalla yettiligi” vakillari bilan birgalikda hal qilinmoqda.

Işçi guruh tomonidan şu kungaça 10 ga yaqin mahallaning kriminogen vaziyati joylarga çiqqan holda örganildi. Hududlarda sodir etilayotgan jinoyatlar, ularning asl omillari tahlil qilinib, dolzarb çora-tadbirlar belgilab olindi.

Xususan, “Möminobod”, “Çimqörğon”, “Saidobod”, “Döngqörğon” mahallalarida faollar bilan uçraşuvlar ötkazildi. “Xonadonbay”, “fuqarobay” tizimda amalga oşirilayotgan işlar örganilib, alohida toifadagi şaxslar bilan manzilli işlaş, ijtimoiy profilaktikani kuçaytiriş, oilaviy-maişiy nizolarning barvaqt oldini oliş yuzasidan mas’ullarga tavsiyalar berildi.

“Lola ariq” mahallasidagi 9-sonli umumta’lim maktabida öquvçilar örtasida jinoyatçilikning oldini oliş, ularni turli illat va yot ğoyalar ta’siridan asraş, uyuşmagan yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, bandligini ta’minlaş va huquqiy madaniyatini oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Yoşlar tomonidan sodir qilinayotgan aksariyat jinoyatlar nazoratsizlik oqibatida kelib çiqayotgani bois, “Mitan” va “Oybek” mahallalarida faoliyat yuritayotgan kompyuter klublarida profilaktik tadbirlarni muntazam taşkil etib boriş, voyaga yetmaganlarning tungi vaqtlarda nazoratsiz yurişining oldini oliş çoralari körildi.

Bundan taşqari, “Piskent”, “Murotali” dehqon bozorlari, “Çimqörğon” mol bozori hududida yölga qöyilgan xavfsizlik çoralari, patrul-post va qöriqlaş xizmatlari faoliyati örganildi. “Oqtepa” mahallasidagi korxona va taşkilotlar mutasaddilari bilan obyektlarni jismoniy va texnik qöriqlovga oliş masalalari muhokama qilindi.

Hududlarni örganiş jarayonida aholini kiberjinoyatlardan himoya qilişga ham e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yönalişdagi işlarni samarali taşkil etiş maqsadida mahalla faollari va mas’ullarga alohining kiber madaniyatini yuksaltiriş, ularning uyali aloqa vositalariga “APK Qöriqçi” va boşqa ilovalarni ulab beriş, kiberfiribgarlikning zamonaviy körinişlaridan ogoh etib boriş borasida tavsiyalar berilmoqda.

Aytiş joizki, içki işlar vazirining joriy yil 8-sentyabrdagi farmoyişi asosida olib borilayotgan örganişlar davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş va ularning oldini oliş, jamoat tartibini saqlaş ta’minlaş va yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş, jinoyatlarni tergov qiliş, hududlarni kameralaştiriş hamda boşqa yönalişdagi işlar tizimli tahlil qilinib, amaliyot organlariga uslubiy-amaliy yordam körsatilmoqda.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech