Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA QABUL BOSHLANDI

MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA QABUL BOSHLANDI

Vazirlar Mahkamasining 2017yil 22maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, IIV Akademiyasi Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakultetining mustaqil izlanuvchiligiga talabgorlardan hujjatlarni qabul qilish boshlandi.

Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

1) ariza (bildirgi) (bevosita va yuqori turuvchi rahbarning rozilik bildirgan va imzosi bilan tasdiqlagan holda);

2) Akademiya boshlig‘i nomiga yozilgan yo‘llanma xat (yuqori turuvchi rahbar yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan imzolanib, talabgorning barcha hujjatlari ilova qilingan holda);

3) pasport nusxasi va 2 dona 4x6 hajmdagi rasm;

4) qisqacha biografik ma’lumotnoma (tarjimai hol);

5) oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning nusxasi;

6) mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ob’ektivka kadrlar bo‘limidan imzolangan va kadrlar bo‘limining muhri bilan tasdiqlangan holda);

7) ish joyidan xizmat tavsifnomasi (imzolangan va ma’lumot uchun muhri bilan tasdiqlangan holda);

8) ilmiy ishlar ro‘yxati (imzolangan va ma’lumot uchun muhri bilan tasdiqlangan holda) va ularning nusxalari;

9) ilmiy rahbardan rozilik xati.

Hujjatlar 2022yilning 15yanvaridan 15fevralga qadar davom etadi.

IIV Akademiyasining Oliy ta’limdan

 keyingi ta’lim fakulteti

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech