Ichki ishlar vazirligi akademiyasi o‘quv muassasasi hududida mehmonlar uchun kutish va umumiy ovqatlanish joylarini tashkil etish maqsadida tender e’lon qiladi.
Talabgorlardan davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifini taqdim etish so‘raladi. Talabgorlar mazkur loyihada ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 259-sonli qarori talablari asosida amalga oshiriladi.
Tender yuzasidan takliflar 2024-yilning 16-iyun kuniga qadar “info@akadmvd.uz” elektron manzili orqali qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon raqami:
+998 (71) 239-46-13,
+998 (71) 265-22-52.
Manzil: Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Intizor ko‘chasi, 68-uy.
Ichki ishlar vazirligi akademiyasi