2024-yilning 20-dekabr kuni IIV akademiyasida “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzuida respublika konferensiyasi o‘tkaziladi.
Konferensiya materiallarini alohida to‘plam shaklida chop etish rejalashtirilgan. To‘plam uchun quyidagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan ilmiy maqola va tezislar qabul qilinadi:
qiynoqqa solishga qarshi kurashish sohasidagi jinoyatlarning jinoiy-huquqiy va kriminologik jihatlari.
qiynoqqa qarshi kurashishga doir xalqaro va milliy standartlarga rioya etish mexanizmlarni takomillashtirish;
qiynoqqa solishga qarshi kurashish sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik masalalarining siyosiy-huquqiy tahlili;
zamonaviy sharoitda qiynoqqa qarshi kurashish sohasidagi jinoyatlarning oldini olish masalalari va boshqa.
Maqola va tezislarga qo‘yilgan talablar:
o‘zbek yoki rus tilida, 5–10 betlar atrofida bo‘lishi;
tahrir qilingan, ilmiy manba va adabiyotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi;
“Times New Roman” shriftida 14 kegel kattalik va 1,5 intervalda yozilgan bo‘lishi;
muallif(lar) haqidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, ilmiy unvoni va darajasi, etektron pochta manzili) bo‘lishi zarur.
Materiallar 2024-yilning 10-dekabr kuniga qadar conference2024@akadmvd.uz elektron manzili orqali qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: +998 (71) 265-23-56.