Shu yilning 11-oktyabr kuni Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Dalillarni to‘plash va tekshirish tartibini takomillashtirish” mavzuiga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Konferensiya materiallarini alohida to‘plam shaklida chop etish rejalashtirilgan. To‘plam uchun quyidagi dolzarb masalalar bayon etilgan maqola va tezislar qabul qilinadi:
- dalillarni to‘plash va tekshirish tartibining nazariy-huquqiy asoslari;
- jinoyat protsessida dalillarni to‘plash va tekshirish institutining rivojlanish bosqichlari;
- tergovga qadar tekshiruv jarayonida dalillarni to‘plash va tekshirishning bugungi kundagi holati, bu boradagi mavjud muammolar va ularning yeichmlari;
- surishtiruv hamda dastlabki tergov jarayonida dalillarni to‘plash va tekshirishning o‘zi xos xususiyatlari;
- dalillarni to‘plash va tekshirish bo‘yicha xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasi;
- dalillarni to‘plash va tekshirishning huquqiy asoslari hamda protsessual tartibini takomillashtirish masalalari va hokazo.
Maqola va tezislarga qo‘yilgan talablar:
- matn o‘zbek, rus yoki ingliz tilida, undagi fikrlar izchil, ilmiy asoslangan, manba va adabiyotlar aniq ko‘rsatilgan, tahrirdan o‘tkazilgan holda 5–10 betlar atrofida bo‘lishi;
- matn A4 o‘lchovidagi qog‘ozda, yuqori va pastdan 2 sm, chap va o‘ngdan 2,5 sm joy qoldirilgan holda 1 nusxada, elektron nusxasi esa MS Word dasturida “Times New Roman” shrifti, 14 kegel kattalik va 1,5 intervalda bo‘lishi;
- muallif o‘zi haqidagi ma’lumotlarni (familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, ilmiy unvoni va darajasi, etektron pochta manzili) to‘liq yozishi zarur.
Maqola va tezislar mazmuni, undagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun muallif(lar) shaxsan javobgardir. Tashkiliy qo‘mita tomonidan ma’qullangan materiallar to‘plamga joylashtiriladi. Chop etilmay qolgan materiallar muallifga qaytarilmaydi.
Maqola va tezislar 2024-yilning 30-oktyabr kuniga qadar qabul qilinadi.
Manzil: Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Intizor ko‘chasi, 68-uy.
Elektron manzil: ulmasjonsayfullayev1998@gmail.com
Murojaatlar bo‘yicha telefon: +998(99) 835-72-71
IIV akademiyasining
Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi