2024-yilning 19-dekabr kuni Ichki ishlar vazirligi akademiyasi huzuridagi ilmiy seminarning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Unda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi mustaqil izlanuvchisi D. A. Xalilovning “12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi” ixtisosligidan “Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish institutini takomillashtirish” mavzuida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertasiyasi muhokama qilinadi.
Muhokama axborot-resurs markazida soat 14:30 da boshlanadi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati