2024-yilning 16-iyul kuni Ichki ishlar vazirligi akademiyasi huzuridagi ilmiy seminarning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Unda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi mustaqil izlanuvchisi E. M. Nishonovning “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi” ixtisosligidan “Bezorilik jinoyatini tergov qilishni takomillashtirish” mavzuida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertasiyasi muhokama qilinadi.
Muhokama axborot-resurs markazida soat 11:00 da boshlanadi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati