Joriy yilning 30-noyabr kuni Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Islohotlar davrida penitensiar tizimni innovasion rivojlantirish masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Konferensiya materiallarini alohida to‘plam shaklida nashr etish rejalashtirilgan. To‘plamda o‘z maqola va tezislari bilan ishtirok etish istagida bo‘lgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va amaliyot xodimlari quyidagi yo‘nalishlardagi materiallarini yuborishlari mumkin:
- O‘zbekiston Respublikasi jazoni ijro etish muassasalarining zamonaviy rivojlanishida xorijiy davlatlar penitensiar tizimlarining innovasion texnologiyalarini joriy qilish;
- mahkumlarning hulq-atvori va shaxsi haqidagi ma’lumotlar elektron bazasini yuritish;
- penitensiar tizimni raqamlashtirish amaliyoti;
- penitensiar tizim faoliyatining innovasion rivojlanishida internet aloqa vositalaridan oqilona foydalanish;
- penitensiar tizimda profilaktik faoliyatning innovasion ahamiyati.
Maqola va tezislarga qo‘yilgan talablar:
- matn o‘zbek yoki rus tilida, ilmiy, texnik va stilistik tahrirdan o‘tkazilgan bo‘lishi;
- A-4 o‘lchovidagi qog‘ozda, yuqori va pastdan 2 sm, chap va o‘ngdan 2 sm joy qoldirilgan holda 1 nusxada bo‘lishi;
- sarlavhadan 1,5 intervaldan so‘ng muallifning familiyasi, isms va otasining ismi to‘liq yozilishi, uning pastki qismida 1 intervaldan keyin lavozimi, ilmiy unvoni va darajasi (agarda mavjud bo‘lsa) qayd etilishi;
- matnning elektron nusxasi MS Word dasturida “Times New Roman” shrifti, 14 kegel kattalik va 1,5 intervalda hamda 5-7 (besh-yetti) betgacha bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Materiallar 2022-yilning 20-noyabr kuniga qadar qabul qilinadi. To‘plamda chop etilmagan ishlar muallifga qaytarilmaydi hamda qayta ko‘rib chiqilmaydi.
Tashkiliy qo‘mita:
IIV Akademiyasining Jazoni ijro etish faoliyati kafedrasi.
Murojaat uchun telefon:
+998 (99) 738-58-57
Elektron pochta manzili:
quvonch.qodirov @bk.ru