Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

E’lon

E’lon

IIV Akademiyasida 2022-yilning 31-mart kuni soat 15:00da “Huquqbuzarliklar profilaktikasining dolzarb muammolari: nazariya, amaliyot va qonunchilik tahlili” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.

Konferensiya materiallarini alohida to‘plam shaklida chop etish rejalashtirilgan. Mazkur to‘plamda o‘z maqolalarini chop ettirish istagida bo‘lgan professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, amaliyot xodimlari va mustaqil izlanuvchilar 2022-yilning 31-martiga qadar quyidagi yo‘nalishlardagi maqola va tezislarini yuborishlari mumkin:

- huquqbuzarliklar profilaktikasining huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari;

- huquqbuzarliklar profilaktikasining turlari va ulardan foydalanish imkoniyatlari;

- huquqbuzarliklarni aniqlash, tasniflash va isbotlash jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari;

- huquqbuzarliklar profilaktikasining chora-tadbirlari;

- huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish uchun malakali kadrlar tayyorlash masalalari.

Maqola va tezislar qo‘yidagi talablarga javob berishi kerak:

- nashr etiladigan ish o‘zbek va rus tilida taqdim etilishi;

- A-4 o‘lchovidagi qog‘ozda, yuqori va pastdan 2 sm, chap va o‘ngdan 2 sm joy qoldirilgan holda 1 nusxada bo‘lishi; 

- sarlavhadan 1,5 intervaldan so‘ng muallifning familiyai, ism va otasining ismi to‘liq yozilishi, uning pastki qismida 1 intervaldan keyin lavozimi, ilmiy unvoni va darajasi (agarda mavjud bo‘lsa) hamda E-mail manzili qayd etilishi;

- matnning elektron nusxasi MS Word dasturida Times New Roman shrifti, 14 kegel kattalik va 1,5 intervalda hamda hajmi 7 (yetti) betgacha bo‘lishi;

- muallif o‘zining 3x4 sm hajmdagi fotosuratini topshirishi zarur.

Maqola va tezislarning matnlari ilmiy, texnik va stilistik tahrir qilingan bo‘lishi maqsadga muvofiq. Ushbu talablarga javob beradigan tezislar konferensiya materiallari to‘plamiga kiritiladi va nashr etiladi.

Chop etilmagan ishlar muallifga qaytarilmaydi hamda qayta ko‘rib chiqilmaydi.

 

 Tashkiliy qo‘mita: IIV Akademiyasi Huquqbuzarliklar

profilaktikasi va kriminologiya kafedrasi.

 

Murojaat uchun telefon

(“Telegram” ijtimoiy tarmog‘i):

+998 (97) 430-79-81

Elektron pochta manzili:

umirzakovbegzod054@gmail.com

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech