Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

E’lon

E’lon

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi Avtomaktab xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziga quyidagi fanlar bo‘yicha soatbay mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun mutaxassislarni taklif etadi:

1) yo‘l harakati qoidalari;

2) avtomobil tuzilishi va ekspluatatsiyasi;

3) harakat xavfsizligi asoslari va qonunchilik asoslari;

4) birinchi yordam;

5) innovatsion pedagogik texnologiyalar;

6) pedagogik faoliyatda axborot texnologiyalari.

Pedagog xodimlar oliy ma’lumot, ilmiy daraja va unvonga, mazkur sohada kamida 5 yillik ish tajribasiga, shuningdek  kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, MS Office ilovalari hamda internet tarmog‘idan foydalana olishi shart.

Ishga qabul qilinuvchilar uchun qo‘shimcha talablar:

doimiy ravishda malaka va tajribasini oshirib borish;

o‘quv kurslar kontenti (tegishli mavzular bo‘yicha ma’ruza matni, taqdimoti, videodarsi va test topshiriqlari)ni tayyorlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

yuksak kasbiy salohiyatni namoyon etish.

Pedagog xodimlar mehnatiga haq to‘lash oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilariga o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazganlik uchun soatbay haq to‘lash miqdorlari asosida amalga oshiriladi.

Nomzod o‘zi haqidagi ma’lumot (rezyume)ni @Abdulaziz_4040 telegram manzili orqali yuborishi mumkin.

Murojaat uchun tel.:

+998 (90) 334-40-40

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech