2022-yilning 28-yanvar kuni IIV Akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02 raqamli ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Unda mustaqil izlanuvchilar M.J. Eshnazarovning “12.00.14. – Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Jamoat xavfsizligini ta’minlash. Probatsiya faoliyati” ixtisosligidan “Huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasini takomillashtirish (ichki ishlar organlari faoliyati misolida)” mavzuida hamda O.D. Allanazarovning “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi” ixtisosligidan “Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish metodikasini takomillashtirish” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishlari himoyasi o‘tkaziladi.
Majlis Akademiya Axborot-resurs markazida soat 12:00 da boshlanadi.
Ilmiy kengash