Joriy yilning 6-dekabr kuni Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Jinoyat-protsessual munosabatlarda chiqimlar: nazariya va amaliyot” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Konferensiya materiallarini alohida to‘plam shaklida nashr qilish rejalashtirilgan. To‘plamda o‘z maqola va tezislarini chop ettirish istagida bo‘lgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va amaliyot xodimlari quyidagi yo‘nalishdagi materiallarini yuborishlari mumkin:
- protsessual chiqimlar va ularni qoplash masalalari;
- jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo va boshqa mulkiy undirishlarni takomillashtirish masalalari;
- mol-mulkni jabrlanuvchi yoki fuqaroviy da’vogarga qaytarishning dolzarb masalalari va o‘ziga xos xususiyatlari;
- hukmning mulkiy undirishlar to‘g‘risidagi qismi ijrosini ta’minlash holati;
- jinoyat-protsessi nazariyasi va amaliyotini takomillashtirish va boshqa.
Maqola va tezislarga qo‘yilgan talablar:
- matn o‘zbek yoki rus tilida, ilmiy, texnik va stilistik tahrirdan o‘tkazilgan bo‘lishi;
- A-4 o‘lchovidagi qog‘ozda, yuqori va pastdan 2 sm, chap va o‘ngdan 2 sm joy qoldirilgan holda 1 nusxada bo‘lishi;
- sarlavhadan 1,5 intervaldan so‘ng muallifning familiyasi, isms va otasining ismi to‘liq yozilishi, uning pastki qismida 1 intervaldan keyin lavozimi, ilmiy unvoni va darajasi (agarda mavjud bo‘lsa) qayd etilishi;
- matnning elektron nusxasi MS Word dasturida “Times New Roman” shrifti, 14 kegel kattalik va 1,5 intervalda hamda 3-5 (uch-besh) betgacha bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Materiallar 2022-yilning 20-dekabr kuniga qadar qabul qilinadi. To‘plamda chop etilmagan ishlar muallifga qaytarilmaydi hamda qayta ko‘rib chiqilmaydi.
Tashkiliy qo‘mita:
IIV Akademiyasining Jinoyat-protsessual huquq kafedrasi.
Murojaat uchun telefon:
+998 (90) 927-46-70
Elektron pochta manzili:
Ulmasjonsayfullayev1998@gmail.com