IIV Akademiyasida 2022-yilning 25-mart kuni soat 11:00da “Ozodlikdan mahrum etish joylarida inson huquqlarini ta’minlash: O‘zbekiston tajribasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Konferensiya materiallarini alohida to‘plam shaklida chop etish rejalashtirilgan. Mazkur to‘plamda o‘z maqolalarini chop ettirish istagida bo‘lgan professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, amaliyot xodimlari va mustaqil izlanuvchilar 2022-yilning 20-martga qadar quyidagi yo‘nalishlardagi maqola va tezislarini yuborishlari mumkin:
– ozodlikdan mahrum etish joylarida inson huquqlarini ta’minlashni takomillashtirish;
– ozodlikdan mahrum etish joylarida inson huquqlarini ta’minlashni tashkil etish sohasidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari;
– inson huquqlarini ta’minlash jarayonida jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalar;
– jazoni ijro etish muassasalarida inson huquqlarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohatlar;
- jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar huquqlarini ta’minlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari;
- inson huquqlarini ta’minlash jarayonida jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish.
Maqola va tezislarga qo‘yidagi talablarga javob berishi kerak:
- nashr etiladigan ishlar o‘zbek, rus yoki ingliz tilida taqdim etilishi;
- A-4 o‘lchovidagi qog‘ozda, yuqori va pastdan 2 sm, chap va o‘ngdan
2 sm joy qoldirilgan holda 1 nus’hada bo‘lishi;
- sarlavhadan 1,5 intervaldan so‘ng muallifning familiyai, ism va otasining ismi to‘liq yozilishi, uning pastki qismida 1 intervaldan keyin lavozim, ilmiy unvon va daraja (agarda mavjud bo‘lsa) hamda
E-mail manzili qayd etilishi;
- matnning elektron nus’hasi MS Word dasturida Times New Roman shrifti, 14 kegel kattalik va 1,5 intervalda hamda hajmi 7 (etti) betgacha bo‘lishi;
- mualliflar o‘zlarining 3x4 sm hajmdagi fotosuratlarini topshirishlari zarur.
Maqola va tezislarning matnlari ilmiy, texnik va stilistik tahrir qilingan bo‘lishi maqsadga muvofiq. Ushbu talablarga javob beradigan tezislar konferensiya materiallari to‘plamiga kiritiladi va nashr etiladi.
Chop etilmagan ishlar muallifga qaytarilmaydi hamda qayta ko‘rib chiqilmaydi.
Tashkiliy qo‘mita: IIV Akademiyasining
Jinoyat-ijroiya huquqi kafedrasi.
Murojaat uchun telefon:
(+998 99) (738-58-57)
Elektron pochta manzili: