Joriy yilning 30-mart kuni IIV Akademiyasida “Probatsiya xizmati nazorati ostidagi shaxslarning huquq va erkinliklarini ta’minlashni takomillashtirish” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Konferensiya materiallarini alohida to‘plam shaklida chop etish rejalashtirilgan. To‘plamda o‘z maqola va tezislarini chop ettirish istagida bo‘lgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va amaliyot xodimlari quyidagi yo‘nalishdagi materiallarini yuborishlari mumkin:
- probatsiya xizmatini rivojlantirishda xorijiy davlatlarning zamonaviy innovasion texnologiyalarini joriy etish;
- probatsiya xizmatining vazifalari va ahamiyati;
- probatsiya xizmati xodimlarining faoliyati ustidan prokuror nazorati;
- probatsiya xizmati tomonidan sudga taqdim etiladigan hujjatlarni ko‘rib chiqish amaliyoti;
- probatsiya xizmati faoliyatida inson huquqlarini ta’minlash;
- probatsiya xizmati faoliyatidagi psixologik jihatlar va boshqa.
Maqola va tezislarga qo‘yilgan talablar:
- matn o‘zbek yoki rus tilida, ilmiy, texnik va stilistik tahrirdan o‘tkazilgan bo‘lishi;
- A-4 o‘lchovidagi qog‘ozda, yuqori va pastdan 2 sm, chap va o‘ngdan 2 sm joy qoldirilgan holda 1 nusxada bo‘lishi;
- sarlavhadan 1,5 intervaldan so‘ng muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi to‘liq yozilishi, uning pastki qismida 1 intervaldan keyin lavozimi, ilmiy unvoni va darajasi (agarda mavjud bo‘lsa), shuningdek etektron pochta manzili qayd etilishi;
- matnning elektron nusxasi MS Word dasturida “Times New Roman” shrifti, 14 kegel kattalik va 1,5 intervalda hamda 5-7 betgacha bo‘lishi;
- mualliflar o‘zining 3x4 sm hajmdagi fotosuratini (asl yoki elektron nusxa) yuborishi maqsadga muvofiq.
Materiallar 2023-yilning 28-mart kuniga qadar qabul qilinadi. To‘plamda chop etilmagan ishlar muallifga qaytarilmaydi hamda qayta ko‘rib chiqilmaydi.
Tashkiliy qo‘mita:
IIV Akademiyasi Jazoni ijro etish
faoliyati kafedrasi.
Murojaat uchun telefon:
+998 (99) 738-58-57
Elektron pochta manzili: