Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

E’lon

E’lon

2022-yilning 30-sentyabr kuni IIV Akademiyasida Ichki ishlar organlari faoliyatini psixologik ta’minlash: muammo va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.

Konferensiya materiallarini alohida to‘plam shaklida nashr etish rejalashtirilgan. Mazkur to‘plamda o‘z maqolalarini chop ettirish istagida bo‘lgan professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, amaliyot xodimlari va mustaqil izlanuvchilar joriy yilning 25-sentyabriga qadar quyidagi yo‘nalishdagi maqola va tezislarini yuborishlari mumkin:

- ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish: mavjud muammo va istiqboldagi vazifalar;

- ichki ishlar organlari xodimlarini kasbga tayyorlashda psixologik xizmatning o‘rni;

- ichki ishlar organlariga nomzodlarni tanlashda zamonaviy psixodiagnostikadan foydalanishning ahamiyati;

- ichki ishlar organlari xodimlarining ruhiy holatidagi salbiy o‘zgarishlar psixoprofilaktikasi va psixokorreksiyasi.

Maqola va tezislarga qo‘yilgan talablar:

- nashr etiladigan ishlar o‘zbek, rus yoki ingliz tilida taqdim etilishi;

- A-4 o‘lchovidagi qog‘ozda, yuqori va pastdan 2 sm., chap va o‘ngdan 2 sm. joy qoldirilgan holda 1 (bir) nusxada bo‘lishi; 

- sarlavhadan 1,5 intervaldan so‘ng muallifning familiya, ism va otasining ismi to‘liq yozilishi, uning pastki qismida 1 intervaldan keyin lavozim, ilmiy unvon va daraja (agarda mavjud bo‘lsa) hamda
E-mail manzili qayd etilishi;

- matnning elektron nusxasi MS Word dasturida “Times New Roman” shrifti, 14 kegel kattalik va 1,5 intervalda 5 (besh) betgacha hajmgacha bo‘lishi;

- muallif o‘zining 3x4 hajmdagi fotosuratini topshirishi kerak. 

Maqola va tezislarning matnlari ilmiy, texnik va stilistik tahrir qilingan bo‘lishi maqsadga muvofiq. Ushbu talablarga javob beradigan tezislar konferensiya materiallari to‘plamiga kiritiladi va nashr etiladi.

Chop etilmagan ishlar muallifga qaytarilmaydi hamda qayta ko‘rib chiqilmaydi.

 

Tashkiliy qo‘mita:  IIV Akademiyasining

Tarbiyaviy-psixologik faoliyati kafedrasi

 

Murojaat uchun telefonlar

(“Telegram” ijtimoiy tarmog‘i):

   (+99893-556-92-95), (+99890-099-80-48)

Elektron pochta manzili: 

pla20n@mail.ru

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech