Joriy yilning 22-dekabr kuni Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Internetda sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning profilaktikasi va kiberxavfsizlikni ta’minlashning dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Konferensiya materiallarini alohida to‘plam shaklida nashr qilish rejalashtirilgan. To‘plamda o‘z maqola va tezislarini chop ettirish istagida bo‘lgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va amaliyot xodimlari quyidagi yo‘nalishdagi materiallarini yuborishlari mumkin:
- internetda sodir etilayotgan huquqbuzarliklar profilaktikasining dolzarb muammolari;
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligining o‘ziga xos jihatlari;
- milliy segmentda huquqni ta’minlash sohasidagi muammolarini hal etish samaradorligini oshirish hamda ushbu sohada qo‘llaniladigan apparat va dasturiy vositalarini rivojlantirish istiqbollari;
- internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali sodir etilayotgan huquqbuzarliklarni aniqlash, tasniflash va isbotlash, profilaktikasini amalga oshirish bo‘yicha milliy ilg‘or tajribalar.
Maqola va tezislarga qo‘yilgan talablar:
- matn o‘zbek, rus yoki ingliz tilida, ilmiy, texnik va stilistik tahrirdan o‘tkazilgan bo‘lishi;
- A-4 o‘lchovidagi qog‘ozda, yuqori va pastdan 2 sm, chap va o‘ngdan 2 sm joy qoldirilgan holda 1 nusxada bo‘lishi;
- sarlavhadan 1,5 intervaldan so‘ng muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi to‘liq yozilishi, uning pastki qismida 1 intervaldan keyin lavozimi, ilmiy unvoni va darajasi (agarda mavjud bo‘lsa) qayd etilishi;
- matnning elektron nusxasi MS Word dasturida “Times New Roman” shrifti, 14 kegel kattalik va 1,5 intervalda hamda 3-5 (uch-besh) betgacha bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Shuningdek mualliflar 3x4 sm hajmdagi fotosuratlarining elektron nusxasini ham yuborishlari shart. Materiallar 2022-yilning 20-dekabr kuniga qadar qabul qilinadi. To‘plamda chop etilmagan ishlar muallifga qaytarilmaydi hamda qayta ko‘rib chiqilmaydi.
Tashkiliy qo‘mita:
IIV Akademiyasining Axborot texnologiyalari
kafedrasi hamda Huquqbuzarliklar
profilaktikasi va kriminologiya kafedrasi.
Murojaat uchun telefon:
+998 (99) 817-54-77.
Elektron pochta manzili:
Umirzakovbegzod054@gmail.com