Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

E’lon

E’lon

IIV Akademiyasida 2022-yilning 24-fevral kuni soat 10:00da Kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi kurash: muammolar, takliflar  va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.

Кonferensiya materiallarini alohida to‘plam shaklida chop etish rejalashtirilgan. Mazkur to‘plamda o‘z maqolalarini chop ettirish istagida bo‘lgan professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, amaliyot xodimlari va mustaqil izlanuvchilar 2022-yilning 10-fevraliga qadar quyidagi yo‘nalishlardagi maqola va tezislarini yuborishlari mumkin:

- kibermakonda axborot xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari;

- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar turlari va ularga qarshi kurashning texnik va dasturiy vositalari imkoniyatlari;

- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni aniqlash, tasniflash va isbotlash jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari;

- kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlarni fosh etishda raqamli ekspertizalarning zamonaviy holati va imkoniyatlari;

- kiberxavvfsizlik sohasidagi jinoyatlarning oldini olish chora-tadbirlari;

- kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi kurash sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash masalalari.

Maqola va tezislarga qo‘yidagi talablarga javob berishi kerak:

- nashr etiladigan ishlar o‘zbek, rus yoki ingliz tilida taqdim etilishi;

- A-4 o‘lchovidagi qog‘ozda, yuqori va pastdan 2 sm, chap va o‘ngdan 2 sm joy qoldirilgan holda 1 nusxada bo‘lishi; 

- sarlavhadan 1,5 intervaldan so‘ng muallifning familiyai, ism va otasining ismi to‘liq yozilishi, uning pastki qismida 1 intervaldan keyin lavozim, ilmiy unvon va daraja (agarda mavjud bo‘lsa) hamda E-mail manzili qayd etilishi;

- matnning elektron nusxasi MS Word dasturida Times New Roman shrifti, 14 kegel kattalik va 1,5 intervalda hamda hajmi 5 (besh) betgacha bo‘lishi;

- mualliflar o‘zlarining 3x4 sm hajmdagi fotosuratlarini topshirishlari zarur. 

Maqola va tezislarning matnlari ilmiy, texnik va stilistik tahrir qilingan bo‘lishi maqsadga muvofiq. Ushbu talablarga javob beradigan tezislar konferensiya materiallari to‘plamiga kiritiladi va nashr etiladi.

Chop etilmagan ishlar muallifga qaytarilmaydi hamda qayta ko‘rib chiqilmaydi.

 

Tashkiliy qo‘mita:  IIV Akademiyasining

Axborot texnologiyalari kafedrasi.

 

Murojaat uchun telefonlar

(“Telegram” ijtimoiy tarmog‘i):

(+998 99) 992-35-01, (71) 265-13-51

Elektron pochta manzili: 

iminovabdurasul1970@gmail.com

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech