Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

E’lon

E’lon

Joriy yilning 9-dekabr kuni Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasini amalga oshirish mexanizmi: ikkinchi bosqich tahlili” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Konferensiya materiallarini alohida to‘plam shaklida nashr qilish rejalashtirilgan. To‘plamda o‘z maqola va tezislarini chop ettirish istagida bo‘lgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va amaliyot xodimlari quyidagi yo‘nalishdagi materiallarini yuborishlari mumkin:

- korrupsiyaga qarshi kurash sohasida amalga oshirlayotgan islohotlar;

- korrupsiyaga qarshi kurashda nodavlat notijorat tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va roli;

- davlat xizmatlarida korrupsiyaning oldini olish;

- BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi: xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish bo‘yicha amaliy islohotlar;

- prokuratura organlarining korrupsiyaning oldini olish faoliyatini takomillashtirish va boshqa.

Maqola va tezislarga qo‘yilgan talablar:

- matn o‘zbek, rus yoki ingliz tilida, ilmiy, texnik va stilistik tahrirdan o‘tkazilgan bo‘lishi;

- A-4 o‘lchovidagi qog‘ozda, yuqori va pastdan 2 sm, chap va o‘ngdan 2 sm joy qoldirilgan holda 1 nusxada bo‘lishi;

- sarlavhadan 1,5 intervaldan so‘ng muallifning familiyasi, isms va otasining ismi to‘liq yozilishi, uning pastki qismida 1 intervaldan keyin lavozimi, ilmiy unvoni va darajasi (agarda mavjud bo‘lsa) qayd etilishi;

- matnning elektron nusxasi MS Word dasturida “Times New Roman” shrifti, 14 kegel kattalik va 1,5 intervalda hamda 3-5 (uch-besh) betgacha bo‘lishi maqsadga muvofiq.

Materiallar 2022-yilning 10-dekabr kuniga qadar qabul qilinadi. To‘plamda chop etilmagan ishlar muallifga qaytarilmaydi hamda qayta ko‘rib chiqilmaydi.

 

Tashkiliy qo‘mita:

 IIV Akademiyasi Magistraturasi.

Murojaat uchun telefon:

+998 (98) 123-01-51

Elektron pochta manzili:

f.islomov.86gmail.com

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech