Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

E’LON

E’LON

Joriy yilning 18-noyabr kuni Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Zamonaviy sharoitda ichki ishlar organlarini boshqarishning dolzarb masalalari: innovatsion yondashuv” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Konferensiya materiallarini alohida to‘plam shaklida nashr etish rejalashtirilgan. To‘plamda o‘z maqola va tezislari bilan ishtirok etish istagida bo‘lgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va amaliyot xodimlari quyidagi yo‘nalishlardagi materiallarini yuborishlari mumkin:

- zamonaviy sharoitda ichki ishlar organlarini boshqarishni takomillashtirish masalalari;

- ichki ishlar organlarini boshqarishning dolzarb masalalari va o‘ziga xos xususiyatlari;

- ichki ishlar organlarini boshqarishning zamonaviy holati va imkoniyatlari;

- zamonaviy sharoitda ichki ishlar organlarini boshqarishning innovatsion yondashuvlari;

- zamonaviy sharoitda ichki ishlar organlari uchun malakali kadrlar tayyorlash masalalari.

Maqola va tezislarga qo‘yilgan talablar:

- matn o‘zbek, rus yoki ingliz tilida, ilmiy, texnik va stilistik tahrirdan o‘tkazilgan bo‘lishi;

- A-4 o‘lchovidagi qog‘ozda, yuqori va pastdan 2 sm, chap va o‘ngdan 2 sm joy qoldirilgan holda 1 nusxada bo‘lishi;

- sarlavhadan 1,5 intervaldan so‘ng muallifning familiyasi, isms va otasining ismi to‘liq yozilishi, uning pastki qismida 1 intervaldan keyin lavozimi, ilmiy unvoni va darajasi (agarda mavjud bo‘lsa) qayd etilishi;

- matnning elektron nusxasi MS Word dasturida “Times New Roman” shrifti, 14 kegel kattalik va 1,5 intervalda hamda 3-5 (uch-besh) betgacha bo‘lishi maqsadga muvofiq.

Materiallar 2022-yilning 15-noyabr kuniga qadar qabul qilinadi. To‘plamda chop etilmagan ishlar muallifga qaytarilmaydi hamda qayta ko‘rib chiqilmaydi.

Tashkiliy qo‘mita

 

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech