2022-yilning 10-noyabr kuni IIV Akademiyasida ilmiy seminar majlisi bo‘lib o‘tadi.
Unda IIV Akademiyasi doktoranti N.A.Xushvaktovaning “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika. Tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi” ixtisosligidan “Ishni sudga qadar yuritishda jamoatchilik ishtirokini takomillashtirish” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi muhokama qilinadi.
Muhokama Axborot-resurs markazida soat 14:30 da boshlanadi.
Shuningdek 2022-yilning 18-noyabr kuni IIV Akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02 raqamli ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Unda IIV Akademiyasi mustaqil izlanuvchisi M.X. Abduraximov “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika. Tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi” ixtisosligidan “Ishni sudga qadar yuritish bosqichida inson genomi ma’lumotlaridan foydalanishni takomillashtirish” mavzuida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishini himoya qiladi.
Majlis Akademiya Axborot-resurs markazida soat 14:30 da boshlanadi.
Ilmiy kengash