IIV Akademiyasida 2022-yilning 1-aprel kuni soat 11:00da “Jinoyat qonunchiligining dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Konferensiya materiallarini alohida to‘plam shaklida chop etish rejalashtirilgan. Mazkur to‘plamda o‘z maqolalarini chop ettirish istagida bo‘lgan professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, amaliyot xodimlari va mustaqil izlanuvchilar 2022 yilning 30 martga qadar quyidagi yo‘nalishlardagi maqola va tezislarini yuborishlari mumkin:
− jinoyat qonunchiligini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari;
− jinoiy jazo choralarini liberallashtirish istiqbollari;
− jinoyat qonunchiligini takomillashtirish masalalari;
− jinoyatchilikka qarshi kurash siyosati;
− jinoyat huquqi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari;
− jinoyat huquqi tizimini isloh yetishning nazariy masalalari.
Maqola va tezislar qo‘yidagi talablarga javob berishi kerak:
- nashr etiladigan ish o‘zbek va rus tilida taqdim etilishi;
- A-4 o‘lchovidagi qog‘ozda, yuqori va pastdan 2 sm, chap va o‘ngdan 2 sm joy qoldirilgan holda 1 nusxada bo‘lishi;
- sarlavhadan 1,5 intervaldan so‘ng muallifning familiyai, ism va otasining ismi to‘liq yozilishi, uning pastki qismida 1 intervaldan keyin lavozimi, ilmiy unvoni va darajasi (agarda mavjud bo‘lsa) hamda E-mail manzili qayd etilishi;
- matnning elektron nusxasi MS Word dasturida Times New Roman shrifti, 14 kegel kattalik va 1,5 intervalda hamda hajmi 7 (yetti) betgacha bo‘lishi;
- muallif o‘zining 3x4 sm hajmdagi fotosuratini topshirishi zarur.
Maqola va tezislarning matnlari ilmiy, texnik va stilistik tahrir qilingan bo‘lishi maqsadga muvofiq. Ushbu talablarga javob beradigan tezislar konferensiya materiallari to‘plamiga kiritiladi va nashr etiladi.
Chop etilmagan ishlar muallifga qaytarilmaydi hamda qayta ko‘rib chiqilmaydi.
Tashkiliy qo‘mita: IIV Akademiyasining
Jinoyat huquqi kafedrasi
Murojaat uchun telefon:
+998 (97) 775-39-73
Elektron pochta manzili:
conference202201@gmail.com
“Telegram” ijtimoiy tarmog‘ida:
@conference202201