2024-yilning 12-iyul kuni IIV akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Shu kuni akademiya mustaqil izlanuvchisi T. X. Kurambayev yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Tanosil yoki OIV kasalliklari hamda OITSni tarqatish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishni takomillashtirish” mavzuidagi dissertatsiya ishini himoya qiladi.
Himoya axborot-resurs markazida soat 11:00 da boshlanadi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati