2024-yilning 30-oktyabr kuni IIV akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Shu kuni akademiya mustaqil izlanuvchilari E. M. Nishonov va M. M. Asqarov yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Bezorilik jinoyatini tergov qilishni takomillashtirish” hamda “Ishni sudga qadar yuritish bosqichida reabilitatsiya institutini takomillashtirish” mavzuida dissertatsiya ishini himoya qiladi.
Dissertatsiya himoyalari axborot-resurs markazida soat 11:00 da boshlanadi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati