2025-yilning 26-iyun kuni IIV akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda dissertasiyalar himoyasi bo‘lib o‘tadi.
Shu kuni akademiya mustaqil izlanuvchilari Sh. Suyunov va J. Majidov yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishni takomillashtirish” hamda “Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatlarini tergov qilishni takomillashtirish” mavzuidagi ilmiy ishini himoya qiladi.
Majlis axborot-resurs markazida soat 11:00da boshlanadi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati