Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashaylik

31 Mart 2022, 11:03

1740

 

 

IIV Akademiyasida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” konseptual g‘oyasi asosida davra suhbati o‘tkazildi.

“Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashamiz” mavzuidagi tadbirga O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi professori Ilhomjon Bekmirzayev va Xadichayi Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti mudirasi Nozima Ibragimova taklif etildi.

Islomshunos olim Ilhomjon Bekmirzayev jahonning ayrim mintaqalarida avj olayotgan murakkab jarayonlar haqida to‘xtalarkan, yurtimizda diniy bag‘rikenglik va millatlararo hamjihatlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotganini e’tirof etdi. Yosh avlodni ma’nan barkamol, sog‘lom e’tiqod va olijanob maqsadlar egasi etib tarbiyalash, ularning ona Vatanimiz oldidagi daxldorlik tuyg‘ularini kuchaytirish, ayniqsa yot g‘oyalar ta’siridan asrab-avaylash dolzarb ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi. Notiq davlat va din munosabatlari, islom qadriyatlarining asl mohiyati, xususan, muqaddas dinimizda mutaassiblikning qoralanishi, “jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasining ezgu maqsadi haqida batafsil to‘xtaldi.

Xadichayi Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti mudirasi Nozima Ibragimova ishtirokida o‘tgan uchrashuv kursant qizlarda yorqin taassurot qoldirdi. Unda jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni, islom odobining sifatlari, oila-turmush munosabatlari, yosh avlodga ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni singdirish masalalari yuzasidan mulohazalar bildirildi. Kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

IIV Akademiyasi Axborot xizmatи

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech