Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

ÖZBEKISTONNING XORIJIY DAVLATLARDAGI ELÇILARI IIV AKADEMIYASI FAOLIYATI BILAN TANIŞDILAR

29 Dekabr 2021, 22:26

2977

Ta’lim muassasasi boşliği Rustam Xatamov hamrohligida mehmonlar öquv jarayoniga tatbiq etilgan yangilanişlarni közdan keçirişdi.

Tanişuv çoğida Akademiya faoliyati, öquv-tarbiya jarayoni, ilmiy-tadqiqot va xalqaro hamkorlik aloqalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Diplomatik korpus vakillari Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Akademiya tarixi muzeyi, “Vatanparvarlik burçagi” bilan yaqindan tanişdilar. Jangovar-jismoniy tayyorgarlik kafedrasida yaratilgan şart-şaroitlar mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi. Şu yerda yoşlarni har tomonlama barkamol voyaga yetkaziş, xalqaro maydonlarda yurtimiz şarafini munosib himoya qiladigan iqtidorlarni tarbiyalaş, bu boradagi muhim işlar yuzasidan fikr almaşildi. 

Tadbir davomida mehmonlar e’tiborini öziga jalb qilgan jihat bu – öquv tezkor-tergov guruhlari uçun maxsus jihozlangan avtobuslar böldi. Diplomatik korpus vakillari öqitişning interfaol yondaşuvlarini ommalaştiriş va mavjud imkoniyatlarni töliq işga solişga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Şu kuni mehmonlarga Axborot-resurs markazi, uşbu maskandagi anjumanlar zali, elektron öquv zali, “Turon qoploni – Jaloliddin Manguberdi” va “Buyuk sohibqiron Amir Temur” sinfxonalari haqida ma’lumot berildi.

Özaro muloqot çoğida içki işlar organlari uçun kadrlar tayyorlaş dolzarb vazifa ekanligi ta’kidlanib, innovatsion ta’lim imkoniyatlarini kengaytiriş, xalqaro hamkorlik aloqalarini samarali davom ettiriş, moddiy-texnik bazani yanada takomillaştiriş va özbekistonlik yoşlar uçun barça imkoniyatlarni yaratiş böyiça takliflar örtaga taşlandi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech