Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

ÖZBEKISTON VA TOJIKISTON IIV AKADEMIYALARI HAMKORLIKNI YÖLGA QÖYDI

29 Dekabr 2021, 22:16

3744

Joriy yilning 23-dekabr kuni Tojikiston Respublikasi Içki işlar vazirligi akademiyasida öquv dargohining öttiz yilligi nişonlandi. Tadbirda Özbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi vakillari ham iştirok etişdi.

Taşrif doirasida ikki mamlakat ta’lim muassasalari rahbarlarining uçraşuvi bölib ötdi. Tomonlar hamkorlik aloqalarining bugungi holati va strategik yönalişlarini muhokama qildilar.

– Sönggi yillarda mamlakatlarimiz örtasidagi döstona munosabatlar yanada yuqori poğonaga kötarildi, – dedi Tojikiston Respublikasi IIV Akademiyasi boşliği, militsiya general-mayori Fayzali Şarifzoda. – Davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida aloqalarimiz barça sohalarda jadal rivojlanib bormoqda. Bugungi uçraşuv istiqboldagi hamkorlikni rivojlantiriş yölida muhim qadam böladi.

Öz navbatida, Özbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi boşliği tojikistonlik hamkasbini samimiy qutlab, uçraşuvning ahamiyatini alohida qayd etdi.

– Xalqlarimizni tarix sinovidan ötgan mustahkam qardoşlik va ahil qöşniçilik riştalari boğlab turibdi. Hamkorlik munosabatlari yangi sur’at va bosqiçda rivojlanayotganini alohida e’tirof etiş joiz. Biz köp qirrali aloqalarni kengaytiriş, mintaqaviy xavfsizlik, zamonaviy xavf-xatarlarning oldini oliş, va ta’lim sohasida hamkorlikni yölga qöyişdan manfaatdormiz,  – dedi Rustam Xatamov. 

Samimiy ruhdagi muloqotdan söng ta’lim muassasalari örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Tomonlar kelişuvda nazarda tutilgan muhim masalalarni atrofliça muhokama qilib, istiqboldagi vazifalarni belgilab oldilar. Hamkorlikning amaliy samarasi içki işlar organlari uçun professional kadrlar tayyorlaşga xizmat qilişi ta’kidlandi.

Şu kuni delegatsiyamiz a’zolari Tojikiston Respublikasi IIV Akademiyasining faoliyati bilan yaqindan tanişib, öquv dargohi taşkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan ötkazilgan tadbirda iştirok etdilar.

Kunning ikkinçi yarmida Tojikiston Respublikasi Içki işlar vaziri, militsiya general-polkovnigi Ramazon Rahimzoda Özbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi boşliği R. Xatamov, Belarus Respublikasi IIV Akademiyasi boşliği A.  Vasilyev va Tojikiston Respublikasi IIV Akademiyasi boşliği F. Şarifzodani qabul qildi. Uçraşuvda hozirgi murakkab şaroitda mintaqa davlatlari tinçligi va barqarorligiga tahdid solayotgan xavf-xatarlarning oldini oliş, jinoyatçilikning har qanday körinişlariga qarşi kuraşişda hamkorlikni kengaytiriş, ta’lim sohasida faol tajriba almaşiş masalalari muhokama qilindi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmat

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech