Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Zamonaviy ta’lim: islohot va raqamlar

11 May 2022, 06:05

1347

Ichki ishlar vazirligi akademiyasining Sirtqi ta’lim fakulteti tinglovchilari ta’lim maskani faoliyatiga tatbiq qilingan ilg‘or yondashuvlar bilan tanishdilar.

Ma’lumki, davlatimiz rahbarining “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab Akademiyada bakalavriat va magistraturani o‘z ichiga oluvchi oliy ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yildi. Ta’limni zamon talablari darajasida yo‘lga qo‘yish maqsadida ilg‘or mexanizmlar amaliyotga joriy qilinib, o‘quv jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini kuchaytirishga ustuvor ahamiyat qaratildi.

Taqdimot tarzida o‘tkazilgan tadbirda mazkur yangilanishlar raqamlar misolida batafsil tanishtirildi. Sohadagi islohotlarning mazmun-mohiyati, kadrlar tayyorlashning yangicha mexanizmlari, xususan, modulli o‘qitish tizimi, o‘quv tergov-tezkor guruhlari faoliyati, hududiy ichki ishlar organlari bilan o‘tkazilayotgan onlayn master-klass mashg‘ulotlari, bazaviy amaliyotlar, ikki bosqichli magistraturada o‘qish tartibi, kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek tinglovchi-kursantlarning xorijda malaka oshirishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda Akademiyani 2022-2026-yillarda rivojlantirish strategiyasi haqida ma’lumot berildi.

Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech