IIV Akademiyasining magistratura tinglovçilari Prezident huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasida taşkil etilgan öquv kursida iştirok etişdi.
Öquv kursi davlatimiz rahbarining “Içki işlar organlari uçun professional kadrlarni tayyorlaşning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etiş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosidan kelib çiqqan holda ta’lim samaradorligini oşiriş maqsadida taşkil etildi.
30 may – 4 iyun kunlari bölib ötgan maşğulotlarda malakali mutaxassislar tomonidan “Rahbar axloqi va madaniyati”, “Tanqidiy tahlil va qarorlar qabul qiliş”, “Ijro samaradorligini oşiriş (ijroni boşqariş)”, “Hududlarning rivojlanişini boşqariş”, “Rahbar va taşkilot nufuzini şakllantiriş”, “Jamoada işlaş samaradorligini oşiriş”, “Rahbarning emotsional va sotsial intellekti” kabi mavzular yoritildi. Şuningdek, tinglovçilarning rahbarlik mahorati va boşqaruvga doir kasbiy könikmalarini yuksaltirişga qaratilgan treninglar ötkazildi.
Öquv kursi yakuni munosabati bilan ötkazilgan tadbirda Davlat boşqaruvi akademiyasi rektori Adxam Bekmurodov iştirok etib, tinglovçilarga sertifikatlarni topşirdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati