Poytaxtimizda Qurolli Kuchlarimizning 33 yilligi munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Musobaqada harbiy va harbiylashtirilgan oliy ta’lim muassasalari kursantlari, ixtisoslashgan maktab internatlar va akademik litseylar o‘quvchilaridan iborat 29 ta jamoa qatnashdi.
Ikki bosqichda jami 24 ta savol o‘ynalgan bellashuv yakunida birinchi o‘rin Jamoat xavfsizligi universitetiga, ikkinchi o‘rin Ichki ishlar vazirligi akademiyasiga hamda uchinchi o‘rin Ichki ishlar vazirligining Andijon akademik litseyiga nasib qildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati