IIV Akademiyasida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Kibervalyuta bilan bog‘liq jinoyatlar” mavzusida vebinar o‘tkazildi.
Mashg‘ulot avvalida IIV Akademiyasi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Najmiddin Turaxodjayev, YXHTning Transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish departamenti bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Marta Stikins so‘z olib, tadbirning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tishdi.
Xalqaro va mahalliy ekspertlar, YXHTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakillari, professor-o‘qituvchilar, magistratura tinglovchilari va kursantlar ishtirok etgan vebinarda kriptovalyutalar bilan bog‘liq jinoyatlar, ularni aniqlash va tergov qilish yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati