Içki işlar vazirligi akademiyasida yangi öquv yili munosabati bilan ötkazilgan tadbir Özbekiston Respublikasining davlat madhiyasi bilan boşlandi.
“Yangi Özbekistonda el aziz, inson aziz!” şiori ostida ötkazilgan tadbirda Akademiya rahbariyati, professor-öqituvçilar, öquv-saf qismi ofitserlari hamda kunduzgi ta’limning bakalavriat yönalişida ta’lim olayotgan kursantlar iştirok etdi.
Akademiya boşliği, polkovnik Rustam Xatamov mustaqillik yillari, xususan, sönggi yillarda mamlakatimiz hayotida röy berayotgan mislsiz yangilanişlar, inson qadrini uluğlaşga qaratilgan ulkan islohotlar va erişilgan yutuqlarni e’tirof etib ötdi.
Darhaqiqat, muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning xalqçil siyosati tufayli Özbekiston bugun demokratik özgarişlar, keng imkoniyatlar va amaliy işlar mamlakatiga aylanib bormoqda. Buning ezgu samarasi ölaroq, mustaqil taraqqiyot yölidan dadil odimlayotgan yurtimizning jahon hamjamiyatidagi siyosiy örni va nufuzi ham tobora yuksalmoqda. Eng muhimi, izçil islohotlar xalqimizning farovon hayotini ta’minlaşga, ertangi kunga bölgan işonçini yanada oşirişga xizmat qilmoqda.
Akademiya boşliği içki işlar organlari faoliyatini tubdan takomillaştirişga qaratilgan tizimli çora-tadbirlar haqida töxtalar ekan, ona Vatanga sadoqat bilan xizmat qiliş, mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qöşiş, uning tinçligi va osoyiştaligini mustahkamlaş yölida kursant yoşlarimiz zamonaviy bilim, mustahkam amaliy könikma, yetuk ma’naviy salohiyat va jangovar-jismoniy tayyorgarlikka ega bölişi zarurligini alohida ta’kidladi. Buning uçun ta’lim muassasasida keng imkoniyatlar va öqitişning ilğor yondaşuvlari tatbiq qilingani qayd etildi.
Tadbirda yangi öquv yilida Akademiya professor-öqituvçilari va kursantlari oldida turgan eng muhim vazifalar, istiqbolli dasturlarning amaliy ijrosini ta’minlaş masalalariga e’tibor qaratildi.
Şundan söng “Çölpon” nomidagi stipendiyaga sazovor bölgan yoşlarga faxriy yorliqlar tantanali ravişda topşirildi. Ta’lim maskani boşliği yoşlarni yanada faol va taşabbuskor bölişga, buyuk ajdodlarimizga munosib avlodlar bölib kamolga yetişga da’vat etdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati