Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yoshlar muammolari mas’ullar e’tiborida bo‘ladi

06 Fevral 2023, 09:02

870

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Alisher Navoiy nomli mahallada uyushmagan yoshlar bilan samarali ishlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mutasaddi idora va muassasalar rahbarlari, mahalliy kengash deputatlari, mahalla “beshligi” vakillari, bir guruh faollar hamda yoshlar masalalariga mas’ul xodimlar qatnashgan yig‘ilishni tuman hokimi Shavkatbek Ergashev olib bordi.

Yig‘ilishda yoshlar bilan ishlashning samarali tizimlarini yaratish, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj o‘g‘il-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa uyushmagan yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish orqali ularning bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

So‘nggi yillarda yoshlar muammolarini hal etish maqsadida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani, biroq kelajagimiz vorislarining jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish borasida yechimini kutayotgan ayrim masalalar mavjudligi qayd etildi. Mazkur yo‘nalishda barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda yoshlarning ehtiyoj va istaklarini o‘rganish, bilim va kasb egallashi, o‘z salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun yordam berish lozimligi ta’kidlandi.

IIV Akademiyasi rahbariyati ishtirok etgan yig‘ilishda uyushmagan yoshlarga mas’ullar biriktirilib, kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech